» » Dunyodagi eng katta aysberg qush parvozi balandligidan suratga olindi

Dunyodagi eng katta aysberg qush parvozi balandligidan suratga olindi


Har antarktik bahor va yozda NASA maxsus samolyotlar yordamida qit’a ustidan uchib o‘tib, global isish uning landshaftiga qanday ta’sir ko‘rsatayotganini kuzatib boradi, deb xabar berdi “Hi-tech.mail.ru”.

NASA’ning P-3 Orion razvedka samolyoti Argentinaning Ushuayi shahridan uchib, Larsen S muzligini va undan ajralib chiqqan ulkan aysbergni tadqiq qilish uchun havoga ko‘tarildi.

A-68 deya nomlangan ulkan muz parchasi joriy yilning iyun oyi boshida mustaqil suzishni boshlagan edi. O‘shandan buyon u anchagina yirik bo‘laklaridan ajralib, biroz “ozdi”.

NASA aysbergning suratini o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga joylashtirdi. Insoniyat birinchi bor ushbu obyektni bu qadar yaqin masofadan ko‘rishga muvaffaq bo‘ldi — bunga qadar suratlar sun’iy yo‘ldashdagi maxsus qurilmalar yordamida olinar edi.

Aysbergning o‘zi kemalarga xavf tug‘dirmaydi. Hozircha u okeanda stakandagi muz bo‘lakchasi kabi suzishni davom ettirmoqda. Biroq u Larsen S muzligidan ajralib chiqib, uning erish jarayonini tezlashtirishi mumkin. Bu o‘z navbatida dengiz sathining ko‘tarilishiga olib keladi.

Опубликовано: admin (17-11-2017, 06:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют