» » Samarqandda MAN Lions Coach sayyohlik avtobuslari ishlab chiqariladi

Samarqandda MAN Lions Coach sayyohlik avtobuslari ishlab chiqariladi


JV Man Auto-Uzbekistan OzbekistonGermaniya qoshma korxonasi MAN Lions Coach shaharlararo harakatlanuvchi avtobuslar ishlab chiqarishni ozlashtiradi. Bu haqda, kompaniya matbuot xizmatiga asoslanib, Gazeta.uz xabar bermoqda.

Bu haqdagi tegishli kelishuvlar Ozbekiston hukumat delegatsiyasinig Germaniyaga rasmiy tashrifi va OzbekistonGermaniya biznes-forumi doirasida Ozavtosanoat va MAN Truck & Bus AG kompaniyalari ortasida imzolangan.

Loyihani 20182020-yillar davomida JV Man Auto-Uzbekistanning Samarqandda mavjud tegishli maydonlarida amalga oshirish rejalashtirilgan.

MAN Lions Coach premium tasnifga oid, seriyali tarzda ishlab chiqariluvchi toliq hajmli sayyohlik avtobuslaridir. Yangi avtobuslarning ishlab chiqarilishi Ozbekiston aholisiga korsatilayotgan shaharlararo transport qatnovlari xizmati sifati va sonini oshirishga yordam berishi kutilmoqda.

Avvalroq JV MAN Auto-Uzbekistan korxonasi past polli MAN A22 CNG (siqilgan tabiiy gazda, STG) shahar avtobuslarini ishlab chiqarishni ozlashtirgan edi.

2009-yilda asos solingan JV MAN Auto-Uzbekistan kompaniyasi MAN texnikalarining koplab turlarini, xususan, avtobuslar, egarchi (tyagachlar), agdarma (samosvallar), beton qoruvchi, suv tashuvchi, chiqindi tashuvchi, yuvuvchi jami 50 dan ziyod nomdagi maxsus texnikalarni ishlab chiqaradi.

Eslatib otamiz, avvalroq Ozbekiston hukumat delegatsiyasining Germaniyaga tashrifi doirasida Ozavtosanoat va Volkswagen ortasida Ozbekistonda Volkswagen Amarok pikaplarini ishlab chiqarish boyicha kelishuv imzolangan edi. Mazkur modellar ham Samarqanddagi JV MAN Auto-Uzbekistan maydonlarida yigiladi.

: admin (17-11-2017, 11:30)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 4) ( 0) ( 4) ( 0)
:
-
:
:
-
20 ... -