» » Shavkat Mirziyoyev: Hozirgi kunda eng katta masala — bu ichki ishlar tizimining quyi bo‘g‘inini mustahkamlashdan iborat

Shavkat Mirziyoyev: Hozirgi kunda eng katta masala — bu ichki ishlar tizimining quyi bo‘g‘inini mustahkamlashdan iborat


Shavkat Mirziyoyev Sergeli tumani ichki ishlar boshqarmasi qoshidagi 50-shahar ichki ishlar bo‘limi faoliyati bilan tanishdi, deb xabar berdi O‘zA.

Mazkur ichki ishlar bo‘limi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlangan. Mavzedagi ko‘p qavatli uylarning 100 dan ortiq kirish yo‘lagi va 22 gavjum joyga videokuzatuv uskunalari o‘rnatilgan. Bu hududni tun-u kun nazorat qilish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, ularning oldini olishda o‘z samarasini beradi.

O‘zbekiston Prezidenti 50-shahar ichki ishlar bo‘limi xodimlari bilan 15-noyabr kuni huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosi quyi pog‘onada qanday aksini topayotgani yuzasidan muloqot qildi.

“Hozirgi kunda eng katta masala — bu ichki ishlar tizimining quyi bo‘g‘inini mustahkamlashdan iborat. Biz profilaktika inspektorlarining yashashi va ishlashi uchun barcha sharoitlarni yaratib berdik. Endi ularning salohiyatini, mahalla fuqarolar yig‘ini bilan hamkorligini kuchaytirish zarur. Bundan keyin har bir mahalladagi profilaktika inspektori o‘rniga uch nafar eng professional xodim saralab olib biriktiriladi. Shunday qilsak, ular o‘rtasida raqobat paydo bo‘ladi, odamlarning tinchligi va osoyishtaligini ta’minlaydigan chinakam samarali tizim yaratiladi”, — dedi Shavkat Mirizyoyev.

Опубликовано: admin (17-11-2017, 16:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют