» » Toshkent moda haftaligining uchinchi kuni bo‘lib o‘tdi (foto)

Toshkent moda haftaligining uchinchi kuni bo‘lib o‘tdi (foto)


Toshkent moda haftaligining uchinchi kuni taniqli o‘zbek dizaynerlarining yangi liboslar namoyishi bilan esda qoldi, deb yozadi MyDay.

Shuningdek, italiyalik dizaynerlar Angela Varasano hamda Giulio Boldetti ishtirokida mahorat darslari bo‘lib o‘tdi.

Namoyishda birinchi bo‘lib Yelena Milberger va Nikolay Nam The Mix nomli hamkor brendlari bilan chiqdi.

53 ta lukda dizaynerlar trikotaj, neopren, paxta, tabiiy ipaklardan ko‘ylaklar, palto, shimli kostyumlar, pijaklar va bomberlar taqdim etdi. NNAM brendi bu yil to‘kilib turadigan yengil matolar bilan qattiq shakllarni uyg‘unlashtirgan casual uslubidagi ko‘ylaklardan iborat “yog‘du” deb nomlangan kolleksiyasi bilan chiqdi. Yelena Milberger esa pret-a-porte uslubidagi bahor-yoz 2018 to‘plami bilan namoyon bo‘ldi. Ularning birlikdagi brendi The Mix bo‘lsa – bu tabiiy jundan yaratilgan ustki kiyimbosh va shapkalar.

Dizayner Dina Sayfi 43 ta libos taqdim qildi. Yirik to‘qilgan ustki kiyimlar va namatlar, mayda to‘qilgan ko‘ylaklar, baxmal yubkalar, charm paltolar va plashlar quyuq bordo, yashil, ko‘k va siyohrang tuslarda yaratilgan. Professional modellardan tashqari, Dina Sayfining liboslarini Fashion Terapiya jamoasi taqdim qildi.

Dilnoza Designer brendi yumshoq va mayin ranglardagi 49 ta lukni taqdim etdi. Parcha va xon atlasdan oqshom liboslari, shifon kombinezonlar, baxmal yubkalar va pijaklar patlar, steklyarus va biserlar bilan bezatilgan.

Kecha yakunida Mursak brendi 40 ta to‘liq kiyimboshni taqdim etdi. Kolleksiya vizual tarzda ikkiga bo‘lingan bo‘lib, birinchisida avangard uslubidagi oqshom liboslari bo‘lsa, ikkinchisida milliy uslubdagi “A’lo Baxmal” liboslari taqdim etildi. Unda qalin baxmaldan tikilgan turfa rangdagi ko‘ylak, yopinchiq va pijaklarni ko‘rish mumkin edi.

Tadbir mehmonlari:

Aktrisa Asal Shodiyeva

Xonanda Shahlo Ahmedova

Boshlovchi Dildar Islomova

Xonanda Amira Alibekova va aktrisa Shahzoda Matchonova

Опубликовано: admin (17-11-2017, 17:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют