» » JCh—2018. Qur’a marosimiga 12 kun qoldi. Uni Gari Lineker va rossiyalik jurnalist Mariya Komandnaya olib boradi

JCh—2018. Qur’a marosimiga 12 kun qoldi. Uni Gari Lineker va rossiyalik jurnalist Mariya Komandnaya olib boradi


1-dekabr kuni Rossiya—2018 mundiali uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Tadbirni boshlovchi sifatida sobiq futbolchi Gari Lineker hamda rossiyalik teleboshlovchi Mariya Komandnaya olib boradi.

Mazkur ikki boshlovchiga Nikita Simonyan yordamchilik qiladi. Shuningdek, yana 7 assistent baxtli 32 jamoaning bo‘lajak raqiblarini aniqlab beradi.

Futbolchi sifatida ikki bor mundialda to‘p surdim. Endi esa uning qur’a natijalarini e’lon qiluvchiga aylandim. Angliyaga kimlar raqib bo‘lishini o‘ylashning o‘zi azob. Shunday ekan, qur’a men uchun naqadar hayajonli ekanini tushunib olavering.

Gari Lineker, sobiq futbolchi

Mariya Komandnayani esa MDHda yaxshi bilishadi. U “Moskovskaya Novosti” gazetasiga postlarini taqdim etib turardi. Keyinroq “Rossiya 2” telekanalida futbol mavzusidagi “Ayollar nima istaydi” ko‘rsatuvini efirga olib chiqdi. “Dojd” kanalida esa “Sport na Dojde” loyihasini qildi.

Krasnogorskdan bo‘lgan bu ayolning Katerina Kirilcheva bilan hamkorlikda tayyorlagan “90x60x90” loyihasi ancha mashhur bo‘lgandi. Shuningdek, u Vankuverda o‘tgan qishki Olimpiada vaqtida “Birinchi kanal” uchun chiqishlar qildi.

Qur’a unikal hodisa. Millionlab odamlar nafas chiqarmay, uni kuzatadi. Axir Jahon Chempionati aynan qur’adan keyin start oladi. Bu kabi muhim marosimda ishlash men uchun sharaf.

Muxlislarga Rossiya naqadar chiroyli ekanligini ko‘rsatishni istayman.

Mariya Komandnaya, teleboshlovchi

Qur’a marosimi Moskvadagi Kreml saroyida bo‘lib o‘tadi.

Опубликовано: admin (18-11-2017, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют