» » UzReport JCh—2018 uchun Yevropa saralashi uchrashuvlari translyatsiyasi huquqini xarid qildi

UzReport JCh—2018 uchun Yevropa saralashi uchrashuvlari translyatsiyasi huquqini xarid qildi


Rossiya—2018 mundiali uchun kurash olib borayotgan Yevropa mamlakatlarining saralash siklidagi uchrashuvlari endi UzReport va Futbol-TV telekanallarida namoyish etiladi. Bu haqda telekanal sayti xabar berdi.

FIFA Jahon chempionati chiptalarini eng ko‘p UEFAga taqdim etgan. Mundialning asosiy favoritlari ham aynan Yevropa mamlakatlari bo‘ladi.

Ayni paytda UEFAning JCh—2018 uchun saralashi o‘zining qizg‘in pallasiga kirgan. O‘zbekistonlik futbol muxlislarining unga bo‘lgan talabidan kelib chiqib, UzReport va Futbol-TV navbatdagi yangilikka qo‘lga urishga qaror qilgan.

Hozircha Gollandiya, Italiya, Fransiya, Portugaliya kabi kuchli termalar Rossiya mundiali uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritishda katta qiyinchilikka duch kelmoqda. Ular ishtrokidagi o‘yinlarni endi O‘zbekistonda TVsida tomosha qilishning imkoniyati bor.

31-avgust kuni UEFA saralashining 7-turi start oladi va har kuni qiziqarli futbol uchrashuvlari tashkil etiladi. UzReport va Futbol-TV ularning saralarini olib ko‘rsatadi.

UzReport bunga qadar boks bo‘yicha Jahon chempionati bellashuvlarining O‘zbekistondagi eksklyuziv huquqini qo‘lga kiritgandi. Shuningdek, 27-avgust tongida bo‘lib o‘tadigan Konor MakGregor hamda Floyd Meyvezer o‘rtasidagi yil jangi ham UzReportda ko‘rsatiladi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (25-08-2017, 16:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 23) ( 0) ( 23) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют