» » Bugun “Nasaf” — “Buxoro” va “Olmaliq” — “Bunyodkor”. “Sport-TV” ulardan birini yarim tunda ko‘rsatadi

Bugun “Nasaf” — “Buxoro” va “Olmaliq” — “Bunyodkor”. “Sport-TV” ulardan birini yarim tunda ko‘rsatadi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy ligasining 2-turi doirasida bugun — 9-mart kuni ikki uchrashuv bo‘lib o‘tadi. O‘tgan mavsumni kuchli to‘rtlikda yakunlagan “Nasaf” va “Buxoro” klublari Qarshida to‘qnash kelsa, Osiyo Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun kurash olib borayotgan “Olmaliq” o‘z maydonida shu turnirda qatnashayotgan “Bunyodkor”ni qabul qiladi.

MTRKning “Sport” telekanali “Olmaliq” — “Bunyodkor” o‘yinini to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya qilishni rejalashtirgandi. Biroq noma’lum sabablarga ko‘ra telekanal o‘z rejalariga o‘zgartirish kiritdi va o‘yinni 00:05 da ko‘rsatishga qaror qildi.

Ma’lumot uchun, bu vaqtda UzReport Yevropa ligasidan joy olgan o‘yinlarni jonli namoyish qilayotgan bo‘ladi. “Sport” 8-mart kungi “Dinamo” — “Sho‘rtan” o‘yinini ham “Barselona” — “PSJ” uchrashuvi bilan kesishgan holatda rejaga kiritgandi.

Bugungi o‘yinlardan Qarshidagisi 16:00 da, Olmaliqdagisi esa 17:30 da start oladi. Kecha 2-turning 3 ta uchrashuvi bo‘lib o‘tgandi.

Опубликовано: admin (9-03-2017, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют