» » “Sport” telekanali “Shanxay SIPG” va “Nasaf” ishtirokidagi o‘yinlarni jonli ko‘rsatadi. UzHD “Bunyodkor”ni

“Sport” telekanali “Shanxay SIPG” va “Nasaf” ishtirokidagi o‘yinlarni jonli ko‘rsatadi. UzHD “Bunyodkor”ni


MTRKning “Sport” telekanali futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar ligasi pley-offidan joy olgan 2 ta bellashuvni jonli efirda namoyish qilishni rejalashtirib qo‘ydi.

Telekanaldagi “Daryo”ga yaqin manbalarning xabar qilishicha, 16:30 dan boshlab O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori to‘p suradigan “Shanxay SIPG” klubi o‘rtasidagi o‘yin to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatilishi mumkin. Tailand klubini Shanxayda qabul qiladigan Andre Villash-Boash jamoasi guruh bosqichida ishtirok etishni maqsad qilgan. Katta ehtimol bilan Odil Ahmedov boshlang‘ich tarkibdan joy oladi.

Qarshining “Nasaf” klubi 20:00 dan e’tibor Saudiya Arabistonining “Al-Fotih” klubiga qarshi o‘yinni boshlaydi. Mazkur bellashuv ham “Sport”da jonli ko‘rsatiladi.

20:15 da start oladigan “Bunyodkor”ning “Al-Jaish”ga qarshi o‘yini katta ehtimol bilan UzHD kanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etiladi. Keyinroq mazkur bellashuv “Sport”ning o‘zida takroran efirga uzatiladi.

Опубликовано: admin (7-02-2017, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 115) ( 0) ( 113) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют