» » Bugun — 27-fevralda “Sport-TV” Chempionlar ligasining 3 ta, A seriyaning 1 ta uchrashuvini translyatsiya qiladi

Bugun — 27-fevralda “Sport-TV” Chempionlar ligasining 3 ta, A seriyaning 1 ta uchrashuvini translyatsiya qiladi


MTRKning “Sport” telekanali Osiyo Chempionlar ligasi doirasidan o‘rin olgan 3 ta uchrashuvni namoyish qiladi.

Toshkentning “Lokomotiv” va Amirliklarning “Al-Ahli” klublari o‘rtasidagi o‘yin 16:00 dan boshlab to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya qilinadi. 20:20 dan e’tiboran esa shu guruhdagi ikkinchi o‘yinga e’tibor qaratilib, “Istiqlol” (Eron) — “At-Taavun” (Saudiya) uchrashuvi jonli ko‘rsatiladi.

Chempionlar ligasining “Al-Fotih” (Saudiya) — “Lahviya” (Qatar) o‘yini 28-fevralga o‘tgan kechasi 03:05 dan boshlab yozib olingan holda namoyish etiladi.

Bugun tunda, shuningdek, Italiya A seriyasida 26-tur uchrashuvlariga yakun yasaladi. Uning doirasida faqatgina bitta bellashuv qolgan bo‘lib, “Fiorentina” o‘z maydonida “Torino” bilan kuch sinashadi.

A seriya o‘yini Toshkent vaqti bilan 00:35 da start oladi va u ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladi.

Опубликовано: admin (27-02-2017, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют