» » NASA Atlantika okeanida g‘oyib bo‘lgan Argentina suv osti kemasini qidirishga qo‘shildi

NASA Atlantika okeanida g‘oyib bo‘lgan Argentina suv osti kemasini qidirishga qo‘shildi


NASA tadqiqot samolyoti Atlantika okeanida g‘oyib bo‘lgan Argentinaning “San-Xuan” suv osti kemasini qidirish ishlarida ishtirok etmoqda, amerikalik harbiylar ham bunga qo‘shilishga tayyor. Bu haqda AQSh armiyasi Janubiy qo‘mondonligi vakili Xose Ruiz ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.

Ruizga ko‘ra, koinot agentligining P-3 Orion samolyoti Argentinaning Ushuaya shahridan uchib ketdi. Havo kemasi Antarktikada tadqiqotlar o‘tkazish uchun bu yerda bo‘lib turgandi.

Qo‘mondonlik vakili amerikalik harbiylar qidiruvga tayyorligi, biroq Argentinadan so‘rov kutayotganligini bildirdi. Mamlakat harbiy-dengiz kuchlari suv osti qutqaruv operatsiyalarini ta’minlash xizmati mutaxassislar guruhi va qurilmalar, jumladan, Submarine Rescue Diving and Recompression System suv osti apparatini tayyorlamoqda.

Опубликовано: admin (18-11-2017, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 34) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют