» » 2017-yilda AQSh vizasini soragan ozbekistonliklarning yarmi rad javobini oldi

2017-yilda AQSh vizasini soragan ozbekistonliklarning yarmi rad javobini oldi


Joriy yilda AQSh hukumati ozbekistonliklar tomonidan sayyohlik va ish tashriflari uchun zarur bolgan B toifasidagi viza uchun qilingan sorovlarning 50,29 foiziga rad javobini berdi. Bu haqda Novosti Uzbekistana xabar bermoqda.

AQSh Davlat departamentining korsatkichlariga kora, 2016-yilda rad javobi sorovlarning 57,09 foiziga berilgan edi. Joriy yilda rad javoblari yetti foizga kamaygan. 2007-yilda esa AQShning Toshkentdagi konsulligidan viza soragan on kishining yettitasi rad javobini olgan edi.

Qozogiston fuqarolari uchun AQSh hukumati tomonidan 2017-yilda berilgan rad javoblari miqdori 32,81 foizni tashkil qilgan. Bu korsatkich Rossiyada 11,61 foizni, Belarusda 21,69 foizni va Ozarbayjonda 27,63 foizni tashkil qilgan.

Qirgiziston va Gruziyada AQSh vizasini soraganlarning mos ravishda 55,58 va 61,09 foiziga rad javobi berilgan.

Malumot uchun, AQShga sayohat qilmoqchi bolganlar konsullik xodimlari bilan boladigan suhbat chogida sayohatdan song oz mamlakatiga qaytib kelishini isbotlay olmasa, ularga viza uchun rad javobi beriladi.

: admin (19-11-2017, 10:59)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 6) ( 0) ( 5) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -