» » Germaniya 2017-yilda kelgan afg‘onistonlik qochoqlarning yarmiga boshpana berishdan bosh tortdi

Germaniya 2017-yilda kelgan afg‘onistonlik qochoqlarning yarmiga boshpana berishdan bosh tortdi


Germaniya hukumati joriy yilning yanvar—fevral oyida boshpana so‘rab murojaat qilgan afg‘on muhojirlarining 47,9 foizining iltimosini ma’qulladi. Bu haqda Passauer Neue Press nashri xabar bermoqda.

Nemis hukumati salkam 14,5 ming afg‘onistonliklarga rad javobini bergan. “Interfaks”ning qayd etishicha, jami 27 639 ta ariza topshirilgan.

Taqqoslash uchun, 2015-yilda boshpana so‘ragan afg‘on muhojirlarining 77,6 foizi, 2016-yilda esa 60,5 foizi ijobiy javob olgan edi.

OAV axborotiga ko‘ra, so‘nggi ikki yil davomida Germaniya hududiga “Tolibon” terrorchilik harakatining minglab vakillari kirib kelgan bo‘lishi mumkin.

2016-yil oktabrida Berlin va Kobul qochoqlarni vataniga qaytarish bo‘yicha kelishuvga erishgan. Ayni vaqtga qadar Germaniyadan Afg‘onistonga 60 kishi jo‘natib yuborilgan, yaqin yillar ichida nemis hukumati yana 12,5 ming kishini Afg‘onistonga qaytarib yuborishni rejalashtirmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (24-04-2017, 20:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют