» » Qozog‘istonda uch yil ichida 16,5 mln dollarlik “chiroyli” davlat raqamlari sotildi

Qozog‘istonda uch yil ichida 16,5 mln dollarlik “chiroyli” davlat raqamlari sotildi


Qozog‘istonda uch yil ichida 5,5 milliard tengelik (16,5 million dollar) “chiroyli” davlat raqamlari sotildi, deb yozadi Kazakhstan Today.

“Uch yil ichida ichki ishlar vazirligi Aholiga xizmat ko‘rsatish ixtisoslashgan markazlari orqali 15 760 ta ‘chiroyli’ raqamlarni sotib, budjet uchun 5 milliard 548 million tenge ishlab olgan”, — dedi mamlakat parlamenti quyi palatasi raisi Vladimir Bojko.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Aholiga xizmat ko‘rsatish ixtisoslashgan markazlarining ochilishi mamlakat budjetini mustahkamlashdan tashqari, fuqarolarning vaqtlarini tejagan, ma’muriy politsiya saflarida korrupsiyani kamaytirgan, IIVning turli darajadagi rahbarlarini nufuzli raqamlar olish haqidagi ko‘plab iltimoslardan xalos qilgan.

Опубликовано: admin (20-11-2017, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 26) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют