» » Hunarmandlarga xorijiy valyutani bankdan naqd yechib olish huquqi berildi

Hunarmandlarga xorijiy valyutani bankdan naqd yechib olish huquqi berildi


17-noyabr kuni Ozbekiston Prezidenti Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qollab-quvvatlash chora-tadbirlari togrisidagu farmonni imzoladi. Hujjat matni OzAda keltirildi.

Ozbekiston xalqlarining boy madaniy merosi va tarixiy ananalarini toliq saqlab qolish va kopaytirish, milliy hunarmandchilik, xalq badiiy va amaliy sanatini yanada rivojlantirish, hunarmandchilik faoliyati bilan shugullanuvchi fuqarolarni har tomonlama qollab-quvvatlash boyicha maqsadli va kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, shu asosda aholi, ayniqsa, yoshlar, ayollar va kam taminlangan oilalar bandligini taminlash qarordan kozlangan birlamchi maqsad sifatida qayd etilgan.

Hujjatda keltirilgan sharhda qayd etilishicha, otgan yillar davomida respublikada milliy hunarmandchilikni rivojlantirish, xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy sanatining kop asrlik ananalarini saqlab qolish, hunarmandchilik bilan shugullanuvchi shaxslarni qollab-quvvatlash boyicha amalga oshirilgan chora-tadbirlarga qaramasdan, hunarmandchilik kichik biznes va yakka tadbirkorlik rivojlanishining kuchli, mustaqil va ommaviy yonalishiga aylana olmadi. Shunga kora, hunarmandchilikni rivojlantirish yolidagi mavjud muammo va tosiqlarni tizimli bartaraf etish maqsadida ushbu farmon qabul qilindi.

Farmon bilan respublikada milliy hunarmandchilikni rivojlantirishning asosiy yonalishlari etib hunarmandlarni har tomonlama qollab-quvvatlash, ularga yer maydonlari va binolar ajratish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash, imtiyozli kreditlar berish, hunarmandchilik mahsulotlarini sotish va eksport qilish, shuningdek, respublikaning tuman va shaharlarida hunarmandchilikni rivojlantirish markazlarini tashkil etish va usta shogird maktablari faoliyatini takomillashtirish ishlari belgilandi.

Farmonga binoan, Hunarmand uyushmasi saflariga hunarmandlarning keng ommasini qamrab olish, shuningdek, hunarmandchilikni kichik biznes va yakka tadbirkorlik rivojlanishining kuchli mustaqil yonalishga aylanishiga yol bermayotgan uyushmaning cheklangan salohiyati bilan bogliq muammolarni hal qilish boyicha bir qator chora-tadbirlar belgilangan, jumladan:

- Hunarmand uyushmasi Savdo-sanoat palatasiga uyushgan azo sifatida kirishi, Hunarmand uyushmasi raisini mavqei boyicha Savdo-sanoat palatasi raisi orinbosariga tenglashtirish;

- Savdo-sanoat palatasi huzuridagi tuman va shahar Tadbirkorlarga komaklashish markazlari tomonidan hunarmandlarga oz faoliyatini tashkil etish va rivojlantirishga komaklashish boyicha sozsiz ravishda xizmatlar korsatish, shu jumladan, hunarmandlarni oz biznesini tashkil etish va rivojlantirish konikmalariga orgatish, hunarmandchilik subyektlari huquqlarini himoya qilish, yangitdan oz faoliyatini boshlagan hunarmandlar uchun korgazmalar tashkil etishni nazarda tutish.

Hunarmandchilikning yuqori talabga ega va kelajakda rivojlanish istiqboli bor turlarini toliq qamrab olish maqsadida hunarmandchilik faoliyati asosiy yonalishlarining yangilangan royxati tasdiqlandi.

1-dekabrdan hunarmandchilik subyektlari Hunarmand uyushmasi azolari:

- hunarmandchilik faoliyati mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotishda qatiy belgilangan soliq tolovidan toliq ozod etiladi;

- yoshga doir pensiya va nafaqa oluvchilar budjetdan tashqari Pensiya jamgarmasiga sugurta badali tolovidan ozod etiladi;

- qishloq tumanlarida royxatdan otgan va faoliyatini amalga oshirayotgan hunarmandlar oz faoliyatining dastlabki ikki yili mobaynida budjetdan tashqari Pensiya jamgarmasiga belgilangan sugurta badalining 50 foizini tolaydi.

Shu bilan bir qatorda, hunarmandlarga oz mahsulotlarini eksport qilishdan tushgan xorijiy valyutani erkin tasarruf etish, shu jumladan, bank hisobraqamlaridan chet el valyutasini naqd shaklda yechib olish huquqi berilmoqda. Bunda xorijiy mamlakatlarda otkaziladigan korgazma, festival, yarmarkalarda hunarmandchilik mahsulotlarini eksport shartnomalarini tuzmagan holda sotish mumkin, bunda olingan daromad eksport tushumi hisoblanmaydi. Shu bilan birga, hunarmandlarga tashqi reklama vositalarini joylashtirishda mahalliy budjetga tolanishi belgilangan tolovlarning 50 foizi miqdorida imtiyoz berish joriy etilmoqda.

Shuningdek, doimiy savdo qilish joylariga ega bolmagan va vaqtinchalik joylarda savdo qiluvchi hunarmandlar tomonidan savdo qoidalarida nazarda tutilgan kassa apparatlari va savdo terminallaridan foydalanish, shuningdek, savdodan tushgan naqd pul tushumini tijorat banklariga inkassatsiya qilish ixtiyoriy tartibda amalga oshiriladi.

Hunarmandlarga oz faoliyatini amalga oshirish uchun imtiyozli tartibda joy ajratish masalasiga alohida etibor qaratilgan. Bunda ular tomonidan davlat mulkini ijaraga olishda ijara tolovi belgilangan eng kam tolovning 50 foizi miqdorida belgilanadi.

Shu bilan birga, 20182019-yillarda yoshlarni usta shogird usulida oquv dasturlari boyicha tayyorlash uchun Bandlikka komaklashish davlat jamgarmasi hisobidan 1 milliard som miqdorida mablaglar berilishi kozda tutilgan.

20182019-yillarda respublikaning 23 ta shahar va tumanlarida Hunarmandchilikni rivojlantirish markazlarini yaratish nazarda tutilgan.

Farmonda ilk bor Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida hunarmandchilikni rivojlantirish boyicha manzilli dasturlar tasdiqlandi. Ularga kora, 20182019-yillarda qiymati 146,6 milliard somga teng, shundan 86,8 milliard som tijorat banklari kredit mablaglari hisobiga, aksariyati qishloq joylariga togri keladigan 9 mingdan ortiq yangi ish orinlari yaratilishini kozda tutuvchi 3015 ta loyiha amalga oshiriladi.

Farmon bilan tasdiqlangan chora-tadbirlarni joylarda toliq va sifatli amalga oshirilishini taminlash maqsadida Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining birinchi orinbosarlari rahbarligida har bir hududda hunarmandchilikni rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qollab-quvvatlash ishlarini muvofiqlashtirish boyicha hududiy komissiyalar tashkil etilishi nazarda tutilgan.

: admin (20-11-2017, 21:15)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 11) ( 0) ( 8) ( 3)
:
-
:
20 ... -