» » Hunarmandlarga eksportdan tushgan valyutani banklardan naqd olish huquqi beriladi

Hunarmandlarga eksportdan tushgan valyutani banklardan naqd olish huquqi beriladi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 3-noyabr kuni hunarmandchilikni yanada rivojlantirish, hunarmandlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, aholi bandligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Yig‘ilishda xalq hunarmandligi va amaliy san’atini rivojlantirish, ular tomonidan mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, shu asosda yangi ish o‘rinlari yaratish masalalari muhokama qilindi.

Hunarmandlarning istiqbolli loyihalarini moliyalashtirish, buning uchun ularga imtiyozli kreditlar ajratish, sohaga xalqaro moliya institutlari investitsiyalarini jalb etish zarurligi ta’kidlandi. O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, “Hunarmand” uyushmasi, “Mikrokreditbank” rahbarlari va tuman hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari zimmasiga hududlarning o‘ziga xos xususiyat va an’analaridan kelib chiqib, tumanlar kesimida aniq reja ishlab chiqish, har bir hunarmandga yetib borish vazifasi qo‘yildi.

Hunarmandlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, ularga bo‘sh turgan binolarni imtiyozli ravishda berish, asbob-uskuna va xomashyo materiallari bilan ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.

Hunarmandlar markazlari faoliyatini kengaytirish, ular ishlab chiqargan mahsulotlarni xaridorlarga yetkazishni osonlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Xususan, ustalarning o‘z mahsulotlarini bozor va supermarketlarda sotishi uchun keng imkoniyat yaratish zarurligi, xohlasa o‘z xonadonida do‘kon ochishi mumkinligi ta’kidlandi.

Doimiy savdo joyiga ega bo‘lmagan, vaqtinchalik joylarda savdo qilayotgan hunarmandlarga savdo qilish qoidalari asosida talab etiladigan kassa apparati va savdo terminalidan foydalanish hamda tijorat banklariga savdodan tushgan naqd pulni inkassatsiya qilish talablari ixtiyoriy etib belgilanadi.

Yig‘ilishda berilgan topshiriqlarga muvofiq, har bir viloyatda maxsus ko‘rgazma va yarmarkalar tashkil etilib, ularda hunarmandlar bepul ishtirok etadi. Shuningdek, ularning xorijiy davlatlarda o‘tkaziladigan ko‘rgazma, festival va yarmarkalarda qatnashishiga ko‘maklashiladi.

Hunarmandlarning eksport faoliyati ham rag‘batlantiriladi. Ularga o‘z mahsulotlarini eksport qilishdan tushgan xorijiy valyutani erkin tasarruf etish, jumladan, bank hisobraqamlaridan xorijiy valyutani naqd holda olish huquqi beriladi. Hunarmandlikka kreditlar ajratishni ko‘paytirish bo‘yicha ham topshiriqlar berildi.

Опубликовано: admin (4-11-2017, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют