» » Davlat raqobat qo‘mitasi: Bozorlarda cheklangan narxlar ijtimoiy himoya maqsadida o‘rnatiladi

Davlat raqobat qo‘mitasi: Bozorlarda cheklangan narxlar ijtimoiy himoya maqsadida o‘rnatiladi


Toshkent bozorlarida barcha turdagi tovarlarning yuqori cheklangan narxlari belgilanishi aholini ijtimoiy himoya qilish chorasidir. Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining bu boradagi bayonotini “Gazeta.uz” keltirdi.

Oxirgi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda noyabr oyi uchun yuqori cheklangan narxlari belgilangan tovarlar ro‘yxati aks etgan hujjat faol muhokama etildi. Ko‘mita vakillari 12 dehqon bozorida narxlarning cheklanishi yangilik emasligini, bir yarim yildan buyon bunday ishlar olib borilayotganini ta’kidlab o‘tdi.

“Narxlar har oy, ba’zan har 10, 15, 20 kunda o‘rnatiladi. Hozir yuqori cheklangan narxlar oyiga bir marta o‘rnatiladi”, — dedi qo‘mita vakili.

Narxlar qayta ko‘rib chiqilishiga mavsumiy omillar, u yoki bu tovarlar zaxirasi yoki ularga bo‘lgan talab ta’sir qilishi mumkin. Masalan, Yangi yil oldidan sitrus mevalari va boshqa talabgir mahsulotlar narxlari har hafta ko‘rib chiqiladi.

Davlat bozorlaridan tashqarida savdo qiladigan tadbirkorlar o‘z ixtiyoricha cheklangan narx belgilashga haqli.

“Davlatga tegishli bozorlarda asosiy mahsulotlar narxlari mahalliy hokimiyat organlari tomonidan belgilanadi. Bu aholini ijtimoiy himoya qilish maqsadida amalga oshiriladi”, — xulosa qildi nashr suhbatdoshi.

Опубликовано: admin (20-11-2017, 23:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют