» » Davlat raqobat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi

Davlat raqobat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi


O‘zbekiston Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari Sayfitdin Gafarov lavozimidan ozod etildi.

UzNews’ning o‘z manbasiga asoslanib xabar berishicha, O‘zbekiston Prezidenti bu haqdagi tegishli farmonni 26-aprel kuni imzolagan.

Xabar berishlaricha, Sayfitdin Gafarov mazkur lavozimda 2010-yildan beri ishlab kelayotgan edi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Prezidentining 18-apreldagi farmoniga muvofiq Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi negizida Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tashkil etilgan edi.

20-aprel kuni esa shu vaqtgacha O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi ijrochi direktori lavozimida ishlab kelgan Ravshan G‘ulomov yangi tashkil etilgan davlat qo‘mitasi raisi etib tayinlandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (27-04-2017, 19:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют