» » Ozbekiston Davlat raqobat qomitasi boshqa nom va vazifalar bilan qayta tashkil etildi

Ozbekiston Davlat raqobat qomitasi boshqa nom va vazifalar bilan qayta tashkil etildi


Ozbekiston Prezidentining 18-apreldagi farmoni bilan Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qomitasi Xususiylashtirilgan korxonalarga komaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qomitasi etib qayta tashkil etildi, deya xabar bermoqda OzA.

Farmon xususiylashtirilgan davlat mulki negizida xususiy mulkchilik va tadbirkorlikni rivojlantirish sohasida davlat siyosatini sifat jihatdan ozgartirishni taminlash, tadbirkorlik subyektlarini xususiylashtirilgandan keyin amaliy qollab-quvvatlash, shuningdek, davlat mulkidan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida qabul qilingan.

Xususiylashtirilgan korxonalarning ishlab chiqarish faoliyatini tiklash va samaradorligini oshirishni har tomonlama keng qollab-quvvatlash, shu asosda aholi daromadlarining barqaror osishini taminlaydigan yangi ish orinlarini yaratish, ushbu maqsadlarda vakolatli davlat organlari, moliya hamda boshqa bozor tuzilmalarining Savdo-sanoat palatasi hamda mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruv organlari bilan mustahkam xamkorlikdagi faoliyatini muvofiqlashtirish qayta tashkil etilgan davlat qomitasining goyat muhim vazifasi deb belgilangan.

Farmonga muvofiq, 2018-yilning 1-yanvariga qadar muttasil yangilanib turuvchi:

1-iyundan boshlab har bir tumanda xususiylashtirilgan obyektlar negizida loyihalarni amalga oshirayotgan tadbirkorlar uchun kasb-hunar kollejlarining binolarida oquv mashgulotlaridan bosh vaqtda oquv kurslari tashkil etiladi.

Yangi ish boshlayotgan tadbirkorlarga biznes-rejalar tayyorlashda, zarur axborotni olishda va tadbirkorlik faoliyatini yuritish bilan bogliq amaliy masalalarni hal etishda ularga ekspert, huquqiy va maslahat yordami korsatish uchun biznes-inkubatorlarni tashkil etish kozda tutilgan.

Davlat qomitasi ikki hafta muddatda 20172018-yillarda Xususiylashtirilgan korxonalarga komaklashish boyicha yol xaritalarini ishlab chiqish va amalga oshirish chora-tadbirlari dasturini tayyorlashi lozim.

Qomita huzuridagi Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablaglar jamgarmasi negizida Xususiylashtirilgan korxonalarga komaklashish jamgarmasi tashkil etiladi.

Daryoning Telegramdagi rasmiy kanali @toshqindaryoga azo boling!

: admin (18-04-2017, 20:28)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 4) ( 0) ( 3) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -