» » Davlat geologiya qo‘mitasi ikki ilmiy-ishlab chiqarish markazini tarkibiga qaytarishni taklif qilmoqda

Davlat geologiya qo‘mitasi ikki ilmiy-ishlab chiqarish markazini tarkibiga qaytarishni taklif qilmoqda


O‘zbekiston Davlat geologiya qo‘mitasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi negizida yagona geologiya xizmatini tashkil etishni taklif etmoqda, deb yozadi “Novosti Uzbekistana”.

Davlat geologiya qo‘mitasi ikki ilmiy-ishlab chiqarish markazi — “Navoiy KMK” Davlat korxonasining “Qimmatbaho metallar va uran geologiyasi” ilmiy-ishlab chiqarish markazi va “Olmaliq KMK” aksiyadorlik jamiyatining “Rangli metallar geologiyasi” ilmiy-ishlab chiqarish markazini yagona geologiya xizmati tarkibiga qaytarishni taklif qilmoqda.

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida muhokama etilayotgan loyihani qabul qilish bilan istiqbolli konlarini o‘rganish uchun yagona yondashuvni ta’minlash orqali geologiya-razvedka ishlarining samaradorligini oshirish, shuningdek, sanoat mahsulotlari tashqi bozorida sifatli va raqobatbardosh ishlab chiqarish zaxirasini tashkil etish uchun respublika iqtisodiyotini uzoq muddatli mineral-xomashyo resurslari bilan ta’minlash maqsadlari ko‘zlanmoqda. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (21-02-2017, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют