» » Davlat raqobat qo‘mitasi hududiy organlari rahbarlarining virtual qabulxonalari ishga tushdi

Davlat raqobat qo‘mitasi hududiy organlari rahbarlarining virtual qabulxonalari ishga tushdi


Joriy yilning fevral oyidan e’tiboran O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hududiy organlari rahbarlarining virtual qabulxonalari ishga tushdi. Bu haqda qo‘mita rasmiy sayti xabar berdi.

Jismoiy va yuridik shaxslar xususiylashtirish, davlat mulki obyektlarini ijaraga olish, aksiyadorlik jamiyatlari faoliyati, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish, bankrotlik, birja, baholash va riyeltorlik faoliyati va boshqa masalalar bo‘yicha murojaatlar yoki shikoyatlarining joyida tezkor hal etilishi uchun qabul.gkk.uz manzili yordamida virtual qabulxonalarga murojaat qilishi mumkin.

2016-yilning 7-noyabr kunidan O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining virtual qabulxonasi ishga tushgan edi. Jismoiy va yuridik shaxslar Internetning online.gkk.uz manzili orqali o‘z murojaatlarini yuborish imkoniyatiga ega bo‘lgan edi.

Опубликовано: admin (23-02-2017, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют