» » Google o‘z yangiliklarida RT va Sputnik’dan “Rossiya targ‘iboti”ni filtrlab oladi

Google o‘z yangiliklarida RT va Sputnik’dan “Rossiya targ‘iboti”ni filtrlab oladi


Google kompaniyasi “Rossiya targ‘iboti”dan iborat yangiliklarni filtrlash algoritmini yaratish ustida ishlamoqda, deb yozadi “Vedomosti” Alphabet xoldingi ijrochi direktori Erik Shmidtga tayanib.

Uning aniqlik kiritishicha, kompaniyadagilar birinchi o‘rinda “RT va Sputnik”ni targ‘ibot manbalari deb hisoblaydi. “Biz yaxshi bilamiz, va buning oldini olish uchun tizimlarni ishlab chiqishga harakat qilyapmiz”, — dedi Shmidt.

Yangi algoritm kompaniya nuqtai nazaridan shubhali bo‘lgan yangiliklarni Google News natijalarida pastga tushirish imkonini beradi. Gap saytlarni to‘liq bloklash haqida bormayapti. “Biz saytlarni taqiqlashni istamaymiz. Bu bizning uslubimiz emas. Men senzuraga butunlay qarshiman. Men tartib bilan joylashtirishni juda qattiq qo‘llab-quvvatlayman. Bu aynan biz qilayotgan narsa”, — dedi Shmidt.

Опубликовано: admin (21-11-2017, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют