» » “Kortej” loyihasining seriya oldi avtomobillarini yig‘ish ishlari boshlandi

“Kortej” loyihasining seriya oldi avtomobillarini yig‘ish ishlari boshlandi


“NAMI” avtomobil va  avtomotor markaziy ilmiy-tadqiqot instituti “Kortej” loyihasining seriya oldi avtomobillarini ishlab chiqarishni boshladi. Bu haqda mamlakat sanoat va savdo vaziri Denis Manturovga tayanib, “Motor” xabar berdi.

Manturovning so‘zlariga ko‘ra, ushbu avtomobillar asosini tashkil etuvchi prinsip va texnologiyalar “Rossiya avtomobilsozligining kelajagini va uning jahon maydonlaridagi o‘rnini belgilab beradi”. Mashinalar erkin savdoda 2018—2019-yillarda paydo bo‘lishi kutilmoqda. Dastlab yiliga 150—200 nusxada chiqariladigan avtomobillarni keyinchalik yiliga 5000 taga yetkazish rejalashtirilmoqda.

“Kortej” loyihasi doirasida mamlakatning birinchi shaxslari uchun avtomobillar ishlab chiqariladi. Maxsus avtomobillar liniyasidan sedan, limuzin, mikroavtobus, krossover va kabriolet o‘rin oladi. Mashinalar ustida 2013-yildan buyon ish olib borilmoqda.

“Kortej” limuzinlari 850 ot kuchiga ega V12 dvigateli bilan jihozlanadi. Shuningdek, krossoverga Porsche Engineering bilan hamkorlikda yaratilgan V-simon “sakkizlik” modifikatsiyasi o‘rnatiladi.

Mashinalarning dastlabki 14 tasi joriy yilning oxiriga qadar Federal qo‘riqlash xizmatiga topshirilishi kutilmoqda.

Опубликовано: admin (21-11-2017, 17:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 73) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют