» » “Spartak” Moskvada “qovun tushirdi”. Sevilyada mehmon bo‘lgan “Liverpul” 3 ta gol farqini saqlab qola olmadi

“Spartak” Moskvada “qovun tushirdi”. Sevilyada mehmon bo‘lgan “Liverpul” 3 ta gol farqini saqlab qola olmadi


Yevropa Chempionlar Ligasining 5-turidan keyin Yurgen Klopp boshqaruvidagi “Liverpul” o‘z guruhida peshqadam bo‘lib turibdi. Shuningdek, APLning “Chelsi”, “Yunayted”, “Siti” va “Tottenhem” klublari ham o‘z guruhida yetakchidir.

Mazkur turni Sevilyada o‘tkazgan “mersisayd” klubi 3:3 hisobidagi durangga imzo chekdi. Vaholanki, liverpullik futbolchilar 3 ta gol farqi bilan oldinga chiqib olgandi. Biroq bu ustunlikni saqlab qolish Klopp jamoasiga nasib qilmadi.

Tomonlarning “Enfild” stadionida kechgan ilk o‘yinida ham g‘olibni aniqlashning imkoni bo‘lmagandi — 2:2. “Sevilya” Moskvadagi mag‘lubiyati sababgina liverpulliklardan 1 ochko kamroq to‘plagan.

Moskvaning “Spartak” klubi yetakchilarning ochko yo‘qotishidan unumli foydalanib qolishi mumkin edi. Biroq ular o‘z maydonida Sloveniya klubini yenga olmadi — 1:1. “Maribor” futbolchilari qo‘shimcha daqiqalardagina mag‘lubiyatdan qutulib qoldi.

5-turdan keyin “Maribor”ning hatto Yevropa Ligasiga yo‘l ololmasligi ma’lum bo‘ldi. Qolgan barcha jamoa guruhdan chiqish imkoniyatini saqlab turibdi. Shunchaki, Sloveniya klubini har ikki o‘yinda ham taslim qila olmagan “spartakchilar” o‘z imkoniyatini ancha kamaytirib yubordi.

Yevropa Chempionlar Ligasi

“E” guruhi. 5-tur o‘yinlari

21-noyabr, seshanba

Gollar: Ze Luish, 82 (1:0). Yasmin Meshanovich, 92+ (1:1).

Gollar: Roberto Firmino, 2 (0:1). Sadio Mane, 22 (0:2). Roberto Firmino, 30 (0:3). Vissam Ben-Yedder, 51 (1:3). Vissam Ben-Yedder, 61-pen (2:3). Gvido Pisarro, 93+ (3:3).

Опубликовано: admin (22-11-2017, 06:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 32) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют