» » Kun fotosi: Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan Janubiy Koreyada

Kun fotosi: Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan Janubiy Koreyada


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev prezident Mun Chje Inning taklifiga binoan 22-noyabr kuni davlat tashrifi bilan Koreya Respublikasiga keldi, deb xabar berdi O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati.

Seul xalqaro aeroportida O‘zbekiston Prezidenti sharafiga ikki davlat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi. Shavkat Mirziyoyevni Koreya Respublikasining rasmiy shaxslari kutib oldi. Marosimdan so‘ng O‘zbekiston delegatsiyasi o‘zi uchun ajratilgan qarorgohga yo‘l oldi.

Tashrif doirasida O‘zbekiston rahbari Milliy Assambleya Spikeri Chon Se Gyun va Koreya bosh vaziri Li Nak Yon bilan uchrashishi, ikki davlatning yetakchi iqtisodiy va moliyaviy tuzilmalari rahbarlari, yirik ishbilarmonlar ishtirokidagi O‘zbekiston — Janubiy Koreya biznes forumida ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

Опубликовано: admin (22-11-2017, 08:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 3) ( 0) ( 1) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют