» » Shavkat Mirziyoyev 22–25-noyabr kunlari Janubiy Koreyada davlat tashrifi bilan bo‘ladi

Shavkat Mirziyoyev 22–25-noyabr kunlari Janubiy Koreyada davlat tashrifi bilan bo‘ladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreya rahbari Mun Chje Inning taklifiga binoan 22–25-noyabr kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Oliy darajadagi muzokaralarda o‘zaro hamkorlikning keng ko‘lamli masalalari, siyosiy, savdo-iqtisodiy, moliyaviy-sarmoyaviy, ilmiy-texnikaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi davlatlararo aloqalarni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilish, mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashish ko‘zda tutilgan.

Davlat rahbari, shuningdek, Milliy Assambleya spikeri va Koreya Respublikasi bosh vaziri bilan uchrashadi, ikki davlat yetakchi iqtisodiy va moliyaviy tuzilmalari rahbarlari ishtirokidagi O‘zbekiston – Janubiy Koreya biznes forumida ishtirok etadi.

Tashrif yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston va Janubiy Koreya rahbarlarining strategik sheriklikni har tomonlama rivojlantirish to‘g‘risidagi qo‘shma bayonoti qabul qilinishi, shuningdek, turli sohalardagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirishga doir ko‘plab hukumatlararo va idoralararo hujjatlar, tijorat kelishuvlari va shartnomalari imzolanishi kutilmoqda.

Опубликовано: admin (17-11-2017, 21:31)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 5) ( 0) ( 3) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют