» » Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga tashrifi haqida rasmiy axborot berildi

Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga tashrifi haqida rasmiy axborot berildi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning taklifiga binoan 22—23-mart kunlari davlat tashrifi bilan Qozog‘istonda bo‘ladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Oliy darajadagi uchrashuv va muzokaralarda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro siyosatning dolzarb masalalari muhokama qilinadi.

Shavkat Mirziyoyevning tashrifi doirasida Ostona shahrida O‘zbekiston Milliy sanoat ko‘rgazmasi va ikki mamlakat ishbilarmon doiralarining nufuzli delegatsiyalari ishtirokida qo‘shma biznes-forum o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Tashrif yakunlari bo‘yicha davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo bir qator muhim hujjatlar, shuningdek, O‘zbekiston—Qozog‘iston hamkorligini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishga qaratilgan salmoqli tijoriy shartnomalar imzolanishi rejalashtirilgan.

Bu O‘zbekiston Prezidentining ikkinchi xorij safaridir. Shavkat Mirziyoyev 6—7-mart kunlari Turkmanistonda davlat tashrifi bilan bo‘lgan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-03-2017, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют