» » Qozog‘iston xorijga 2 mlrd dollardan oshiq oziq-ovqat mahsulotlari eksport qildi

Qozog‘iston xorijga 2 mlrd dollardan oshiq oziq-ovqat mahsulotlari eksport qildi


Qozog‘iston oziq-ovqat mahsulotlari eksportining umumiy hajmi 2 milliard dollardan oshdi. Bu haqda mamlakat investitsiyalar va rivojlanish vaziri Jenis Qosimbek ma’lum qildi, deya xabar beradi Kazakhstan Today.

“Eksportning umumiy hajmi 2 milliard dollardan oshdi yoki 145 million tonna mahsulotni tashkil etdi. Jumladan, Afg‘oniston, BAA va Eronga go‘sht hamda parranda mahsulotlari, Xitoyga o‘simlik yog‘i va asal yetkazib berish boshlandi”, — dedi Jenis Qosimbek.

Vazirga ko‘ra, Rossiya, Markaziy Osiyo va Xitoy Qozog‘iston mahsulotlari uchun asosiy bozor bo‘lib qolmoqda. Xususan, Markaziy Osiyoga eksport hajmi 30 foizga ko‘paydi va 1,5 milliard dollarni tashkil etdi.

Опубликовано: admin (22-11-2017, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют