WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Xitoy uch sun’iy yo‘ldoshni muvaffaqiyatli orbitaga chiqardi
Xitoy uch sun’iy yo‘ldoshni muvaffaqiyatli orbitaga chiqardi
“Tayyuan” koinot parvozlari markazi (Xitoy, Shansi provinsiyasi) “Chanchjen-6” raketa tashuvchisining muvaffaqiyatli uchirilishini amalga oshirdi. Uning yordamida uch televizion sun’iy yo‘ldosh orbitaga chiqarildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Barcha uch koinot qurilmasi belgilangan geostatsionar orbitadan joy oldi. Shu sababli parvozni muvaffaqiyatli deb hisoblash mumkin”, — ma’lum qildi Xitoy aerokoinot fan va texnika korporatsiyasi (CASC) vakillari.
Parvoz kompleks dastur doirasida, ekologik toza suyuqlik dvigateli yordamida bajarilgani bildirilmoqda. Dasturdan ko‘zda tutilgan maqsad 60 ta “Szilin” koinot qurilmasidan iborat orbital sun’iy yo‘ldoshlar tarmog‘ini yaratishdan iborat.
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Кто вы по знаку зодиака?
КТО НА САЙТЕ?
(
5)
(
0)
(
4)
(
1)





- отсутствуют
