» » Internet foydalanuvchilari onalar vafoti yordamida pul orttiruvchi firibgarlar haqida so‘zlab berdi

Internet foydalanuvchilari onalar vafoti yordamida pul orttiruvchi firibgarlar haqida so‘zlab berdi


“VKontakte” foydalanuvchilari Pikabu portalida pul orttirishning xunuk usuliga duch kelgani haqida gapirib berishdi.

Xususan, foydalanuvchilardan biriga yaqin tanishidan onasining vafot etganligi, yaqin kunlarda dafn marosimi bo‘lib o‘tishi haqida xabar kelgan. Do‘stiga hamdardlik bildirgach, u moliyaviy yordam so‘ray boshlagan. Tobut va dafn marosimi uchun pul zarurligini aytib, keyin tezda qaytarishni va’da qilgan.

Ammo foydalanuvchi xabardan shubhalanib, do‘stiga qo‘ng‘iroq qilib, uning onasi soppa-sog‘ ekanligidan xabar topgan va u do‘stining akkauntini qo‘lga kiritgan firibgarlarga duch kelganligini tushungan.

Bunday yolg‘onlarga uchragan foydalanuvchilar so‘zlariga ko‘ra, yovuz niyatlilar odatda bir xil xabar matnidan foydalanadi. Bundan tashqari, ular buzib kirilgan profil avatarkasini yonayotgan shamga (motam belgisi sifatida) almashtirib qo‘yadi. Ba’zan firibgarlar telefon raqamlarini qo‘lga kiritadi, shunda hammasiga yoppasiga SMS yuborib chiqadi.

Опубликовано: admin (23-11-2017, 15:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 119) ( 0) ( 116) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют