» » O‘zbek yozuvchisi Open Eurasia-2017 xalqaro tanlovi g‘olibi bo‘ldi

O‘zbek yozuvchisi Open Eurasia-2017 xalqaro tanlovi g‘olibi bo‘ldi


17-noyabr kuni Shvetsiyaning Stokgolm shahrida Open Eurasian Literature Festival & Book Forum festivalining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi “1news.uz”.

Marosimda Open Eurasia-2017 tanlovi g‘oliblari e’lon qilindi. Taniqli o‘zbek yozuvchisi Isajon Sultonning “Hazrati Xizr izidan” asari “Kichik proza” yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblardan biri deb topildi.

Open Eurasia-2017 tanlovida bu yil dunyoning 37 mamlakatidan 1100 dan ziyod ijodkor qatnashdi.

OEBF festivalining hamda Open Eurasia tanlovining tashkilotchilari Londondagi Eurasian Creative Guild notijorat tashkiloti hamda Hertfordshire Press nashriyot uyi bo‘lib, tanlov mutasaddilari Open Eurasia-2017 bosh mukofoti sifatida “Kichik proza” yo‘nalishidagi barcha g‘oliblarning asarlarini ingliz tilida nashr etishga qaror qildi.

Опубликовано: admin (23-11-2017, 16:44)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 124) ( 0) ( 122) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют