» » Stokgolmdagi adabiyot festivalini Sharof Rashidovga bag‘ishlab o‘tkazishadi

Stokgolmdagi adabiyot festivalini Sharof Rashidovga bag‘ishlab o‘tkazishadi


2017-yilning 17—20-noyabr kunlari Shvetsiyaning Stokgolm shahrida Open Eurasian Literature Festival & Book Forum VI Xalqaro adabiyot festivali bo‘lib o‘tadi. U atoqli o‘zbek davlat arbobi va taniqli yozuvchisi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlanadi, deya xabar bermoqda Yevrosiyo ijodiy gildiyasi (London) rasmiy sayti.

Festivalni Sharof Rashidovning yubileyiga atab o‘tkazishga buyuk o‘zbek yozuvchisining ijodini butun dunyo bo‘ylab ommalashtirish maqsadida qaror qilindi, deyiladi xabarda. Festivalning ochilish marosimi Stokgolmdagi Nobel muzeyida bo‘lib o‘tadi.

Festival doirasida Sharof Rashidovning 2017-yilda Londondagi Hertfordshire Press nashriyot uyi tomonidan nashr qilingan yangi tahrirdagi inglizcha “Kashmir qo‘shig‘i” qissasi taqdim etiladi. Kitobning taqdimotlari, shuningdek, Nyu-York, Vashington, Minsk, Ostona, Olmaota, Bishkek va yozuvchining vatani bo‘lmish O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (27-10-2017, 08:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют