» » Putin Argentinaga yo‘qolgan suv osti kemasini topishga yordam berishni taklif qildi

Putin Argentinaga yo‘qolgan suv osti kemasini topishga yordam berishni taklif qildi


Rossiya prezidenti Vladimir Putin Argentina prezidenti Maurisio Makriga 15-noyabr kuni yo‘qolgan “San-Xuan” suv osti kemasini izlash ishlariga yordam berishni taklif qildi, deb xabar beradi Meduza.

“Ikki mamlakat mudofaa vazirlari mazkur masalada hamkorlik qiladi”, — deyiladi xabarda.

Rossiya submarinani qidirish ishlariga qo‘shilishi haqida xabarda aniq ma’lumot keltirilmagan.

Argentina harbiy-dengiz kuchlariga tegishli “San-Xuan” suv osti kemasi 15-noyabrdan beri aloqaga chiqmayapti. Uning bortida 44 kishi bo‘lgan. “San-Xuan”ni qidirish ishlari Atlantika okeani janubida olib borilmoqda.

Taxminiy hisob-kitoblarga ko‘ra, ekipaj a’zolarida kamida ikki haftaga yetadigan kislorod, oziq-ovqat va suv zaxirasi mavjud.

Опубликовано: admin (23-11-2017, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 41) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют