» » Qozog‘istonda Markaziy Osiyoda atrof muhit muhofazasi masalalariga bag‘ishlangan konferensiya bo‘lib o‘tdi

Qozog‘istonda Markaziy Osiyoda atrof muhit muhofazasi masalalariga bag‘ishlangan konferensiya bo‘lib o‘tdi


22-noyabr kuni Qozog‘istonning Olmaota shahrida Markaziy Osiyoda atrof muhit muhofazasi va suv resurslari masalalariga bag‘ishlangan konferensiya bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Markaziy Osiyo hududiy ekologik markazi axborot xizmati xabar bermoqda.

Unda Markaziy Osiyo mamlakatlarining tashqi ishlar vazirligi, parlament, atrof-muhit va suv resurslarini boshqarish masalalari bo‘yicha agentliklar, shuningdek, xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Konferensiyada Markaziy Osiyo hududiy ekologik markazining “Markaziy Osiyoda suv resurslari va atrof-muhit sohasidagi boshqaruvda mahalliy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash” loyihasi natijalari ham taqdim etildi. Loyiha Norvegiya hukumati ko‘magida amalga oshirildi.

Markaziy Osiyo mamlakatlari atrof-muhit muhofazasi sohasida havoning ifloslanishi, tuproq va suv sifatining yomonlashishi kabi jiddiy muammolarga duch kelmoqda. Shu munosabat bilan Norvegiya hukumati 2012—2014-yillarda Markaziy Osiyo hududiy ekologik markazining “Markaziy Osiyoda suv resurslari va atrof-muhit sohasidagi boshqaruvda mahalliy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash” loyihasini moliyalashtirdi.

Опубликовано: admin (24-11-2017, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют