» » Toshkentda bank-moliya tizimini takomillashtirishdagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi

Toshkentda bank-moliya tizimini takomillashtirishdagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi


O‘zbekiston Bank-moliya akademiyasida 24-noyabr kuni “O‘zbekiston iqtisodiyoti raqobatbardoshligini oshirishda bank-moliya tizimining samarali ta’sirini kuchaytirish” mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Tadbir Bank-moliya akademiyasi, O‘zLiDeP siyosiy kengashi ijroiya qo‘mitasi va Toshkent moliya instituti hamkorligida tashkil etildi.

Ilmiy ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar tarzida o‘tgan tadbirda valyuta siyosatini erkinlashtirishning milliy iqtisodiyotdagi o‘rni, davlat moliya tizimini takomillashtirishning ustuvor masalalari, iqtisodiy o‘sishni soliqlar orqali rag‘batlantirishning zamonaviy tendensiyalari, investitsiyaviy muhit jozibadorligini ta’minlash omillari, moliya tizimini modernizatsiya qilish hamda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Tadbir doirasida xalqaro va mahalliy ekspertlar tomonidan bank-moliya tizimida yangi xizmat va imtiyozlarni joriy etishga qaratilgan ma’ruzalar tinglandi, bildirilgan fikr-mulohazalar yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Опубликовано: admin (24-11-2017, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют