» » Germaniyada ultraso‘lchi siyosatdon uyining yoniga Xolokost qurbonlariga bag‘ishlangan yodgorlik o‘rnatildi

Germaniyada ultraso‘lchi siyosatdon uyining yoniga Xolokost qurbonlariga bag‘ishlangan yodgorlik o‘rnatildi


Germaniyaning Bornxagen shahrida Xolokost qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan Berlin memorialining kichik nusxasi o‘rnatildi. “Siyosiy go‘zallik markazi” faollari yodgorlikni ultrao‘ngchi millatchi siyosatdon Byorn Xyokening uyi oldiga joylashtirdi, deb xabar beradi TJournal.

Mualliflar yodgorlikni o‘rnatishga qariyb bir yil tayyorgarlik ko‘rdi. Buning u chun Xyokening uyiga qo‘shni yer uchastkasi sotib olindi. Ular kraudfanding platformasi orqali pul to‘ladi va yodgorlikni 2–3 davomida saqlab turmoqchi. Ular bunga qadar siyosatchi ommaviy tarzda kechirim so‘rab, Berlin memoriali oldida tiz cho‘kishiga umi d qilmoqda.

“Muqobil Germaniya uchun” partiyasi yig‘ilishida qilgan chiqishida rais Filipp Rux Berlindagi memorialni “uyat yodgorligi” deb atagan edi. U nemis xalqini Xolokost uchun uzr so‘rashni to‘xtatishga chaqirgan edi.

“Biz o‘z poytaxtimizda uyat yodg orligini o‘rnatgan yagona millatmiz”, — degan edi u.

Shu munosabat bilan “Siyosiy go‘zallik markazi” faollari uning yaqin safdoshlaridan biri, uning nutqini qo‘llab-quvvatlagan Xyokeni o‘ziga xos uslubda jazolashga qaror qildi.

Опубликовано: admin (24-11-2017, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 53) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют