» » Mexiko aeroportida 11,5 ming dona brilliantni noqonuniy olib o‘tishga uringan shaxs qo‘lga olindi

Mexiko aeroportida 11,5 ming dona brilliantni noqonuniy olib o‘tishga uringan shaxs qo‘lga olindi


24-noyabr, juma kuni Meksika poytaxti aeroportida katta miqdordagi brilliantlarni noqonuniy ravishda olib o‘tmoqchi bo‘lgan ispaniyalik fuqaro qo‘lga olindi, deb xabar berdi “RIA Novosti”.

Qonunbuzar brilliantlarning bir qismini sumkasiga yashirgan, qolgan qismini esa o‘z tanasining atrofiga o‘rab chiqqan.

“Meksika federal politsiyasi Mexiko aeroportida Kolumbiyaga 11,5 ming dona brilliantni noqonuniy olib o‘tishga uringan ispaniyalik fuqaroni qo‘lga oldi. Qo‘lga olingan shaxs Afrika xalqaro brilliantlar kontrabandasi tarmog‘ining a’zosi bo‘lishi mumkin”, — deb yozadi politsiya o‘zining Twitter’dagi sahifasiga.

Ispaniyalik o‘zini shubhali tutgan va undan tekshiruv uchun qo‘lidagi yukini taqdim etish so‘ralgan. Yuk chamadonining tubida yana bir yashirin tirqish bo‘lib, u yerdan plastik paketlarga o‘ralgan brilliantlar topilgan. Qolgan brilliantlarni u o‘zining tanasi atrofiga o‘rab chiqqan.

Опубликовано: admin (25-11-2017, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 27) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют