» » Toshkent aeroportida 2,5 kg tilla taqinchoqlarni noqonuniy tarzda olib o‘tishga uringan ayol qo‘lga olindi

Toshkent aeroportida 2,5 kg tilla taqinchoqlarni noqonuniy tarzda olib o‘tishga uringan ayol qo‘lga olindi


Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Istanbuldan uchib kelgan o‘zbekistonlik ayol tomonidan yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan va bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovi paytida ma’lum qilinmagan, umumiy og‘irligi 2,5 kg.dan ortiq bo‘lgan tilla taqinchoqlar yashirilganligi aniqlandi. Bu haqda “Toshkent-Aero” IBK Axborot xizmati xabar berdi.

Bojxonachilarning ko‘zini shamg‘alat qilishga uringan bu ayol ushbu nayrangi orqali  254 juft zirak, 253 dona uzuk, 26 dona kulon, 19 dona zanjir va 3 dona bilaguzuklarni respublikamizga yashirincha olib kirishga uringan edi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu tilla buyumlarning umumiy qiymati taxminan 564 mln. so‘mdan oshar ekan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv jarayonlari davom ettirilmoqda.

Ta’kidlash joizki, Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida yil boshidan buyon bojxonachilar tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda aniqlangan 91 ta bojxona qoidabuzarliklari natijasida qiymati 1.8 mlrd. so‘mdan ortiq salkam 30 kg. og‘irlikdagi tilla va zargarlik buyumlarining noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yilgan.

Eslatib o‘tamiz, amaldagi tartiblarga muvofiq, bojxona chegaralarini kesib o‘tish paytida jismoniy shaxslar tomonidan to‘ldiriladigan yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasining 5-bandida har qanday ko‘rinishdagi va holatdagi qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlarning miqdori aniq ko‘rsatilishi shart.

O‘zbekiston Respublikasi hududiga jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni aksiz solig‘i solinmasdan olib kirishning ruxsat etilgan me’yorlariga muvofiq umumiy og‘irligi 30 grammdan ortiq bo‘lmagan 5 donagacha zargarlik buyumlarini olib kirishga ruxsat etiladi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (10-10-2017, 09:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 126) ( 0) ( 125) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют