» » Yorug‘lik diodli lampalar tufayli Yerda yorug‘lik ifloslanishi ko‘paydi

Yorug‘lik diodli lampalar tufayli Yerda yorug‘lik ifloslanishi ko‘paydi


Science Advance jurnalida chop etilgan maqolada aytilishicha, energiya tejovchi yorug‘lik diodli lampalar tufayli sayyorada yorug‘lik ifloslanishi miqdori ko‘paygan, deb yozadi Hi-Tech Mail.Ru.

Olimlar ta’kidlashicha, yorug‘lik ifloslanishi yoki oqarish (xiralashish) tirik mavjudotlar bioritmlarini o‘zgartiradi, shuningdek, astronomlar kuzatuvlariga xalal beradi. 2012—2016-yillardagi sun’iy yo‘ldoshdan olingan ma’lumotlar tahlil qilinganida, kechasi yorug‘ bo‘lib turgan hududlar soni yiliga 2 foizdan ko‘pga ortib borayotgani ma’lum bo‘ldi. Yoritilgan hududlarning yorug‘ligi ham shunchaga oshib bormoqda. Tadqiqotchilar qayd etishicha, hozirda osmon har qachongidan ko‘ra kuchliroq tarzda yorishib turibdi.

Mutaxassislar so‘zlariga ko‘ra, yorug‘lik diodli lampalarning katta qismi kunduzgi yorug‘ikka juda yaqin bo‘lgan ko‘kimtir tusli sovuq nur chiqaradi, natijada organizm tunni kun deb qabul qiladi.

2020-yilga kelib, bunday lampalar bozorning 61 foizini egallashi kutilmoqda. Olimlar sun’iy yorug‘likdan foydalanishni qayta ko‘rib chiqib, u haqiqatan ham shunchalik ko‘p hajmda zarurmi, yo‘qmi — shuni tushunishga chaqirmoqda.

Опубликовано: admin (26-11-2017, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 122) ( 0) ( 120) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют