» » Turkiya AQSh Suriya kurdlarini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatishini kutmoqda

Turkiya AQSh Suriya kurdlarini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatishini kutmoqda


Turkiya AQSh Suriya kurdlarini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatishini kutmoqda. Bu haqda Turkiya bosh vaziri Binoli Yildirim bayonot berdi, deb xabar qiladi “RIA Novosti”.

U Vashington Suriya kurdlari mudofaa kuchlariga (YPG) yordam jo‘natishni to‘xtatib, mintaqadagi “asl hamkorlar” bilan birgalikdagi faoliyatni qayta tiklashiga umid bildirdi.

“AQSh IShIDga qarshi kurashda Kurdiston ishchi partiyasining qarindoshi YPG bilan hamkorlik o‘rnatib noto‘g‘ri ish qilganini boshidan aytib kelyapmiz. Do‘stimiz va ittifoqchimiz bu zarurligini aytib keldi. Endi u fikridan qaytadi degan umiddamiz”, — dedi Yildirim.

O‘z navbatida, Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘li 24-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan telefon suhbatida AQSh prezidenti Donald Tramp turkiyalik hamkasbi Rajab Toyyib Erdo‘g‘onni kurdlarga qurol-yarog‘ yetkazib berilishi to‘xtatilishiga ishontirganini bildirib o‘tdi.

Опубликовано: admin (27-11-2017, 06:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 25) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют