» » Turkiya tashqi ishlar vaziri: AQSh Suriya kurdlariga qurol yetkazib berishni to‘xtatadi

Turkiya tashqi ishlar vaziri: AQSh Suriya kurdlariga qurol yetkazib berishni to‘xtatadi


AQSh prezidenti Donald Tramp Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan telefon orqali suhbatlashib, uni Amerika qurollarini Suriya kurdlariga yetkazib berish to‘xtatilishiga ishontirdi. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chavushog‘lu Anqarada bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb xabar berdi “Korrespondent.net”.

“Donald Tramp telefon suhbati chog‘ida prezident Erdo‘g‘onni YPG’ga harbiy yordam ko‘rsatishni to‘xtatish borasida aniq ko‘rsatma bergani haqida ishontirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu ahmoqgarchilikka ancha avval barham berish kerak bo‘lgan. Biz ushbu qarordan mamnunmiz va uning amalga oshirilishini kuzatib boramiz”, — deya ta’kidladi Chavushog‘lu.

Oldinroq Oq uy Tramp va Erdo‘g‘on terrorchilarga qarshi birgalikda kurashish borasida yangi kelishuvlarga erishgani, rahbarlar Turkiyaning AQSh harbiy texnikasini sotib olish imkoniyatlarini muhokama qilganini xabar bergandi.

Опубликовано: admin (25-11-2017, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 108) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют