» » Amerikaliklar yo‘lda qolib ketgan qizni qutqargan uysiz uchun 370 ming dollar xayriya qildi

Amerikaliklar yo‘lda qolib ketgan qizni qutqargan uysiz uchun 370 ming dollar xayriya qildi


Amerikaliklar benzini tugab qolib, yo‘lda qolib ketgan qizga bor pulini bergan uysiz kishi uchun 370 ming dollar xayriya qildi, deb xabar beradi “TASS”.

Bu voqea Nyu-Jersida yashovchi 27 yoshli Keyt Makklyurning sa’y-harakatlari tufayli ommaga ma’lum bo‘ldi. Bir necha oy avval Filadelfiyaga (Pensilvaniya shtati) kiraverishda qizning avtomobilidagi benzin tugab qoldi. Hodisa kechqurun yuz bergani uchun Makklyur yo‘l chetida yolg‘iz va pulsiz qolib ketdi. Shunda qiz yaqin oradagi avtomobilga yonilg‘i quyish shoxobchasigacha piyoda borishga va bir kanistr benzin sotib olishga qaror qildi.

U o‘z yo‘lida osma ko‘prik ostida uxlayotgan 34 yoshli uysiz Jonni Bobbittni uchratdi. Bobbitt Makklyurdan orqasiga qaytib, mashina ichida o‘tirishni va har ehtimolga qarshi avtomobilni ichidan qulflab olishni so‘raydi. O‘zi esa avtomobilga yonilg‘i quyish shoxobchasiga borib, yonidagi 20 dollarga benzin sotib oldi.

“Men o‘zim bilan yuz berayotgan voqeaga ishongim kelmasdi”, — deydi Makklyur. Bo‘lib o‘tgan voqeadan so‘ng u do‘sti bilan bir necha marta Bobbittni yo‘qlab, unga uncha ko‘p bo‘lmagan pul va zarur narsalarni bergan.

Juftlik bir yildan beri ko‘chada yashayotgan va qizga yordam bergan Bobbitt haqida internet orqali ma’lumot berishga qaror qildi va xayriya uchun pul yig‘ilayotganini e’lon qildi.

Natijada amerikaliklar Bobbittga yordam berish uchun hammasi bo‘lib 375 ming dollardan ko‘proq mablag‘ yo‘naltirdi.

Jurnalistlarning aniqlashicha, Bobbitt qachonlardir AQSh dengiz pexotasida xizmat qilgan, tez yordam feldsheri fakultetida tahsil olgan ekan. Biroq u keyinchalik narkotik moddalar qabul qila boshlagan.

Shimoliy Karolinada yashab kelgan Bobbitt Filadelfiyada nochorlikda kun kechirishga majbur bo‘lgan.

“Men hayotimni o‘zgartirishni istayman. Keyingi taqdirimni qanday hal qilish haqida o‘ylab olishim uchun menga vaqt kerak”, — deydi Bobbitt jurnalistlarga bergan intervyusida.

Shu bilan birga u yig‘ilgan pullarning ma’lum qismini kam ta’minlanganlarga yordam beradigan bironta xayriya tashkilotiga o‘tkazib berishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.

O‘z navbatida Makklyur Bobbittga huquqiy va moliyaviy masalalarda konsultatsiya berish uchun mutaxassislar bilan kelishib oldi.

Опубликовано: admin (27-11-2017, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 39) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют