» » Amerikalik talaba qiz Google xaritalaridagi xato tufayli besh kun cho‘lda qolib ketdi

Amerikalik talaba qiz Google xaritalaridagi xato tufayli besh kun cho‘lda qolib ketdi


Texaslik talaba qiz Ember Katanna Van Hek 119 soat davomida Grand Kanyon atrofidagi cho‘lda qolib ketdi. Qizning so‘zlariga ko‘ra, u Google xaritasidagi xato tufayli yo‘ldan adashgan, deya xabar bermoqda TJournal.

Van Hekning so‘zlariga ko‘ra, u yolg‘iz o‘zi Grand Kanyonnig janubiy qismidan Havasu sharsharasi tomon avtomobilda yo‘l olgan. Yo‘lda Google’ning xaritasi qizga boshqa yo‘nalishni ko‘rsatgan. U xarita ko‘rsatgan yo‘nalish bo‘yicha harakatlanib, noma’lum joyga borib qolgan. Shu vaqtda qorong‘u tusha boshlagan va GPS signali yo‘qolib qolgan.

Ember vahimaga tushib, yo‘l izlay boshlagan. Yo‘lni topgan vaqtda avtomobilining benzini tugay boshlagan. U noma’lum inshootgacha yetib olgan va o‘sha yerda ertalabgacha kutishga qaror qilgan. Biroq shu joyda avtomobilning zaxira yoqilg‘isi ham tugagani ma’lum bo‘lgan.

Cho‘lda yolg‘iz qolib ketgan Ember toshlar yordamida “SOS” va “HELP” (“Yordam”) yozuvlarini yoza boshlagan. Uchinchi kunning oxiriga kelib har bir harfning uzunligi 6—8 metrga yetgan.

Talaba qiz olov yoqib, tutun yordamida o‘zi haqida xabar bermoqchi bo‘lgan, biroq narsalar juda quruq bo‘lgani sababli, juda tez yonib ketgan. U o‘zi kelgan yo‘lga to‘siq o‘rnatishga ham majbur bo‘lgan, chunki bir marta uning yonidan katta yuk mashinasi o‘tib ketgan.

Emberda suv va yegulik bilan bog‘liq muammo bo‘lmagan. U o‘zi bilan 20 kunga yetadigan oziq-ovqat zaxirasini olgan edi. Biroq u qutqaruvchilarni kutib juda charchagan va telefon aloqasi bo‘lishi mumkin bo‘lgan joygacha piyoda yetib olishga qaror qildi. U qariyb 18 kilometr masofani bosib o‘tib, favqulodda xizmatga qo‘ng‘iroq qilishga muvaffaq bo‘ldi, ammo ular bilan atigi 49 soniya gaplasha olgan.

Qutqaruvchilar uni havodan topadi degan umidda qiz mashinasi turgan joyga qaytib borgan. Qutqaruvchilar vertolyotda kelib qizni qutqargan va kasalxonaga olib borgan. Talaba qiz cho‘lda qariyb 120 soat vaqt o‘tkazgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (25-03-2017, 17:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют