» » Prezidentning keskin tanqidi, O‘zbekiston shimolida kutilayotgan qor, Farg‘onadagi chaqnash va kunning boshqa muhim xabarlari

Prezidentning keskin tanqidi, O‘zbekiston shimolida kutilayotgan qor, Farg‘onadagi chaqnash va kunning boshqa muhim xabarlari


27-noyabrning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.

1. Ayovsiz tanqid: Shavkat Mirziyoyevning Farg‘onadagi yig‘ilishidan yangi video e’lon qilindi. Unda, ismlari aytilmagan bo‘lsa-da, bosh vazirning sobiq o‘rinbosari Rustam Azimov va sobiq bosh prokuror Rashidjon Qodirov keskin tanqid qilinganini sezish qiyin emas.

2. O‘zbekistonda dollar kursi 8100 so‘mga yaqinlashdi. AQSh valyutasining kursi so‘nggi bir oy davomida so‘mga nisbatan faqat o‘sdi.

3. Farg‘onada sodir bo‘lgan havo-gaz aralashmasi chaqnashi oqibatida 3 nafar maktab o‘quvchisi jarohatlandi. Chaqnash gaz vositalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya etmaslik oqibatida yuz bergan.

4. Prezident Yuridik kollejdagi pichoqbozlik haqida: “O‘quvchi pichoq olib yurgani uchun kim javob beradi?”. Shavkat Mirziyoyev Borovskiydagi fojia haqida ham og‘riqli savol berdi: “Nega biz bu haqda ijtimoiy tarmoqlar orqali bildik?”.

5. 28-noyabr kuni Qoraqalpog‘iston va Xorazmda qor yog‘ishi mumkin. Umuman olganda, havo harorati butun mamlakat bo‘ylab soviydi. Ayniqsa, kechasi.

Qo‘shimcha: “Daryo” korrektor va muharrirlarni ishga oladi

Опубликовано: admin (27-11-2017, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 40) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют