» » Ilon Maskning bitkoin asoschisi ekanligi taxmin qilindi

Ilon Maskning bitkoin asoschisi ekanligi taxmin qilindi


AQShning Yel universiteti talabasi Saxil Gupta bitkoin kriptovalyutasining yaratilishi ortida ishbilarmon Ilon Mask turganini taxmin qildi. Guptaning so‘zlariga ko‘ra, bitkoin asoschisi deb hisoblanadigan Satosi Nakamoto taxallusi ortida aynan ana shu tadbirkor yashiringan. Bu haqda CryptocoinNews xabar berdi.

Maskning SpaceX kompaniyasida ishlagan Gupta o‘z nazariyasiga bir nechta dalillar keltirgan. Birinchidan, Mask buning uchun texnik imkoniyatlarga ega. Bitkoin C++ tilini ustalik bilan ishlata oladigan kishi tomonidan yaratilgan. Bu til SpaceX tomonidan keng foydalaniladi.

Ikkinchidan, Gupta Maskning global muammolarni yechish bilan bog‘liq harakatlarini ta’kidlab o‘tgan. Bitkoin 2008-yilda, dunyo moliyaviy inqirozni boshdan o‘tkazayotgan vaqtda paydo bo‘lgan, banklarga ishonch eng past darajaga tushgan. Guptaning fikricha, bitkoin mualliflari an’anaviy bank tizimining o‘rnini bosuvchi tizim yaratishni xohlagan.

Uchinchidan, Mask amalda hech qachon bitkoin haqida gapirmaydi va unda kriptovalyuta yo‘qligini aytadi. Talabaning fikricha, Satosining hisobidagi qiymati sakkiz milliard dollarni tashkil qiladigan bitkoinlar Maskka tegishli bo‘lib, tadbirkor ulardan foydalanmaydi, chunki bunga ehtiyoj yo‘q.

Shu bilan bir vaqtda, qarshi nazariya va dallillar ham mavjud. Xususan, 2008-yil Mask uchun og‘ir yil bo‘lgan hamda unda kriptovalyutani yaratish uchun vaqt va kuch bo‘lmagan.

Опубликовано: admin (28-11-2017, 06:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют