» » Pentagon: Rossiyaning Su-30 samolyoti Qora dengiz osmonida AQShning patrul samolyotini to‘xtatib qoldi

Pentagon: Rossiyaning Su-30 samolyoti Qora dengiz osmonida AQShning patrul samolyotini to‘xtatib qoldi


Rossiyaning Su-30 qiruvchisi 25-noyabr, shanba kuni Qora dengiz osmonida AQShning P-8 Poseidon patrul samolyotini to‘xtatib qolgan. Bu haqda CNN AQSh mudofaa vazirligi vakili Mishel Baldanzuga tayanib xabar berdi, deb yozadi “TASS”.

“AQSh samolyoti xalqaro havo hududida harakatlanib, Rossiya qiruvchisi ekipajini gij-gijlaydigan hech narsa qilmagan edi”, — dedi Pentagon rasmiy vakili.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Amerika tomoni bunday to‘xtatib qolishni xavfsiz emas deb hisoblaydi, chunki Su-30 P-8 Poseidon’ning naq qarshisidan uchib o‘tgan, natijada u “juda kuchli turbulentlik”ka olib kelgan keskin manyovrni amalga oshirishga majbur qolgan. Su-30 ning “xavfsiz bo‘lmagan harakatlari” ikkala samolyot ekipajlari a’zolarining “jiddiy shikastlanishlari”ga sabab bo‘lishi mumkin edi, dedi Baldanza.

Опубликовано: admin (28-11-2017, 08:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют