» » OAV: Xitoy qiruvchilari Amerika harbiy samolyotini to‘xtatib qoldi

OAV: Xitoy qiruvchilari Amerika harbiy samolyotini to‘xtatib qoldi


Xitoyning ikkita qiruvchisi Sharqiy Xitoy dengizi osmonida Amerika harbiy samolyotini to‘xtatib qoldi. Bu haqda NBC telekanali AQSh harbiy mansabdorlariga tayanib ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Vazifasi yadro portlashlarini aniqlash maqsadida atmosferadan namunalar olishdan iborat WC-135 Constant Phoenix samolyoti 17-may, chorshanba kuni Sharqiy Xitoy dengizi osmonidagi xalqaro havo hududida rejali missiyasini amalga oshirayotgan vaqtda Xitoyning ikkita Su-30 qiruvchi samolyoti tomonidan to‘xtatib qolingan.

AQSh harbiy mansabdorlari ma’lum qilishicha, Amerika samolyoti jamoasi ushbu xatti-harakatlarni “noprofessional” deb ta’riflagan. Mansabdorlar Amerika samolyoti xalqaro qonunchilikka muvofiq harakat qilganini aytdi. Tegishli axborot diplomatik kanallar orqali Xitoyga yo‘naltirilgan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (19-05-2017, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 104) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют