» » Rossiyaning Suriyadagi guruhi sobiq qo‘mondoni Sharqiy harbiy okrugni boshqardi

Rossiyaning Suriyadagi guruhi sobiq qo‘mondoni Sharqiy harbiy okrugni boshqardi


Rossiyaning Suriyadagi guruhi sobiq qo‘mondoni Aleksandr Juravlyov Sharqiy harbiy okrugni boshqardi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Mudofaa vaziri o‘rinbosari Dmitriy Bulgakov general-polkovnikka okrug bayrog‘ini topshirdi.

Bulgakovga ko‘ra, Juravlyov o‘ziga topshirilgan barcha vazifalarni sidqidildan bajarib kelmoqda. Chuqur bilim, noodatiy fikrlash va qo‘shinlarni boshqarishning zamonaviy uslublarini egallaganlik esa Suriyada terrorchilarga qarshi kurashda salmoqli muvaffaqiyatlarga erishishiga imkon berdi.

Ma’lumot uchun, Aleksandr Juravlyov 2016-yilda Rossiyaning Suriyadagi guruhiga boshchilik qilgan, o‘shanda unga “Rossiya qahramoni” unvoni berilgandi. 2017-yil yanvaridan beri Qurolli kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimini egallab kelayotgandi.

Опубликовано: admin (28-11-2017, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют