» » Olimlar kran suvi tish uchun foydali ekanligini aniqladi

Olimlar kran suvi tish uchun foydali ekanligini aniqladi


AQShning Shimoliy Karolina shtati universiteti olimlari kran suvidan voz kechish bolalarda kariyes xavfining oshishiga imkon berishini aniqladi. Shu bilan birga, kran suvini ichish qondagi qo‘rg‘oshin miqdori oshishiga olib keladi. Bu haqda MedicalXpress saytida e’lon qilingan press-relizda aytiladi.

Mutaxassislar 2005—2014-yillarda 2—19 yoshdagi 16 ming nafar bolalar va o‘smirlarning salomatligini o‘rganib chiqdi. Ko‘ngillilar diyetologik anketalarni to‘ldirdi, stomatologik ko‘rikdan o‘tdi va tahlil uchun qon topshirdi. Olingan ma’lumotlar organizmdagi og‘ir metallar miqdorini, shuningdek, kariyesning qanchalik darajada yuzaga kelishi va kran suvining iste’mol qilinishini o‘z ichiga oldi.

Bolalarning taxminan 3 foizida qonda qo‘rg‘oshin miqdori yuqori ekanligi aniqlandi. Ishtirokchilarning 49,8 foizida turli og‘irlikda kariyes bor bo‘lib chiqdi. Shu bilan birga, bolalarning qariyb 15 foizi krandan suv ichmasligini aytdi. Ular uchun kariyesning yuzaga kelishi xavfi yuqori, ammo ularning qonida qo‘rg‘oshin miqdori past bo‘lib chiqdi.

Kariyes bilan kasallanish ehtimolining pasayishi kran suviga ftoridlar (ftorning kimyoviy birikmasi) qo‘shilishi bilan bog‘liqdir.

Опубликовано: admin (28-11-2017, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 91) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют