» » Rok-n-roll federatsiyasida Reuters bilan “Putinning qizi” haqida suhbat bo‘lganini rad etishdi

Rok-n-roll federatsiyasida Reuters bilan “Putinning qizi” haqida suhbat bo‘lganini rad etishdi


Butunjahon rok-n-roll konfederatsiyasi (WRRC)ning yuridik masalalar bo‘yicha vitse-prezidenti Manfred Moxab Reuters’ga Katerina Tixonovaning Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan qarindoshlik aloqalari haqida gapirmaganini aytdi, deb yozadi “RBK”.

“Yo‘q, men hech narsani tasdiqlaganim yo‘q. O‘zim bilmaydigan narsalarni tasdiqlay olmayman”, — deya ma’lum qildi u nashrga.

Reuters jurnalisti bilan uchrashgani haqida gapirar ekan, Moxab suhbat bo‘lib o‘tgan xoll “juda shovqinli bo‘lgani”ni ta’kidladi. “Ba’zan o‘zim gapirgan narsani eshitmay qolardim. Yaxshilab suhbatlashishning iloji yo‘q edi. Ba’zi narsalarni balki noto‘g‘ri tushungandirman, ammo shunisi mutlaqo aniqki, men o‘zim bilmagan narsani tasdiqlaganim yo‘q. Reuters jurnalisti bilan suhbatda Putinning nomi tilga olingani yo‘q. Juda shovqin-suron edi, ular nimani nazarda tutganini tushuna olmadim”, — dedi Moxab.

Avvalroq Reuters Moxab Tixonova Putinning qizimi? — degan savolga tasdiqlovchi javob berganini ma’lum qilgan edi.

Tixonova, xuddi Moxab kabi, Butunjahon rok-n-roll konfederatsiyasi vitse-prezidenti lavozimida ishlaydi.

Опубликовано: admin (29-11-2017, 08:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 94) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют