» » Shimoliy Koreya 2,5 oy davom etgan “sukut”dan so‘ng yana ballistik raketa uchirdi

Shimoliy Koreya 2,5 oy davom etgan “sukut”dan so‘ng yana ballistik raketa uchirdi


Shimoliy Koreya 29-noyabr, chorshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 03:18da navbatdagi ballistik raketa sinovini o‘tkazdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Raketa parvozi 53 daqiqa davom etdi, bu vaqt davomida parvozning maksimal balandligi 4-4,5 ming kilometr, yetib borish masofasi esa 1000 kilometrni tashkil etdi. U Yaponiya qirg‘oqlaridan 250 kilometr uzoqda, Aomori prefekturasi iqtisodiy hududida quladi.

Janubiy Koreya harbiylari o‘rta masofadagi ballistik raketa — “Xvason-14” sinovdan o‘tkazilgan deb hisoblamoqda.

Raketa parvozi KXDR tomonidan 2,5 oy davom etgan “sukut”dan so‘ng amalga oshirildi: mamlakat 29-avgust va 15-sentabrda “Xvason-12” raketalarini uchirgandi.

Опубликовано: admin (29-11-2017, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют